Zafarobodda bayram tadbiri

Batafsil: Yaratildi: 20.10.2021 15:15 Tahrirlandi: 20.10.2021 15:16 Ko'rishlar soni: 140

Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport markazida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

00002013

Tadbirda 5-kon boshqarmasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi “Zafarobod” xududiy boshqarmasi ishchi-xodimlari, Konimex tumani 16-umumtaʼlim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.  

Tadbirda dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligi taʼkidlandi.   

00002014

Badiiy kecha ona tilimizning buyukligi, betakrorligi va o‘ziga xos jozibasini aks etuvchi sheʼrxonlik va tilimiz sofligini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Sahnada iqtidorli o‘quvchi-yoshlar tomonidan o‘zbek xalqining buyuk shoir va shoiralari Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Abdulla Avloniy, Nodirabegim, Uvaysiy obrazlari mahorat bilan gavdalantirildi, ularning qalamiga mansub asarlardan namunalar o‘qildi,  sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

5-kon boshqarmasi axborot xizmati.  

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7600

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 7109

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4024

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3855

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3174



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish