Zarafshonda zamonaviy maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 08.10.2021 22:58 Tahrirlandi: 08.10.2021 22:59 Ko'rishlar soni: 338

00081

2021-yil 8-oktabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Zarafshon shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun barpo etilgan zamonaviy maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

00083

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin, Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, tashkilot-korxonalar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

00082

Keyingi yillarda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholini rozi qilish, ularga munosib hayot kechirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatini Zarafshon shahrida ham amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. So‘nggi yillarda kombinat tomonidan shaharda ko‘plab bunyodkorlik  ishlarni amalga oshirib kelayotgani, jumladan, “Shodlik” mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Bolalar shaharchasi, favvarolar xiyoboni va ijtimoiy obyektlar qurib berilgani, imkoniyati cheklangan bolalar uchun foydalanishga topshirilayotgan maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti xayrli ishlarning mantiqiy davomi ekanligi aytib o‘tildi.

00086

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun barpo etilgan ushbu zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilish va jihozlash ishlariga 29,3 mlrd. so‘m sarflandi. Zamonaviy va barcha sharoitlarga ega muassasa 72 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, asosan Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi imkoniyati cheklangan bolalar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Maskan maxsus jihozlar, tibbiyot uskunalari bilan taʼminlandi. Mashg‘ulotlar belgilangan dastur asosida guruhlar asosida olib boriladi. Uchta blokdan iborat ikki qavatli binoning ikkitasida liftlar o‘rnatilgan. Muassasa barcha qulayliklarga ega.

00087

Tadbirda mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 200 mln so‘mlik sertifikat topshirildi. Shuningdek, ushbu muassasani qurishda faol ishtirok etgan quruvchilar rag‘batlantirildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7343

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6853

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3945

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3760

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3100



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish