EHTIROM!

Batafsil: Yaratildi: 01.10.2021 14:42 Tahrirlandi: 01.10.2021 14:52 Ko'rishlar soni: 134

0000110

 

Sen kulolsan loy tuproqdan sopol qilgan,

Har irmoqni maʼrifat-la zilol qilgan,

Xatto oddiy toshni ko‘kda hilol qilgan,

Qanot bo‘lar har sabog‘ing, etsam parvoz.

Mukarramsan, muhtaramsan, aziz ustoz!

 

Har shogirdning yoqasiga tumor o‘zing,

Tong sahardan yo‘llariga xumor o‘zing,

Xatariga ko‘ksing tutib – bemor o‘zing,

Qadamimda, har damimda o‘zing hamroz,

Muhtaramsan, mukarramsan, aziz ustoz!

 

Karvonlarga yo‘l ko‘rsatgan – ulug‘ minor,

Nihollarga qo‘lin tutgan – azim chinor,

Yo‘llarimda tug‘ ko‘targan – yalovbardor,

Bugun qancha taʼriflasam madhingni, oz.

Mukarramsan, muhtaramsan, aziz ustoz!

 

Mehri ummon, zakovati gavharimsan,

Har maʼdanning qadrin bilar zargarimsan,

Ikki dunyo tashna bo‘lgan kavsarimsan.

Otam, onam qatorida etgum eʼzoz,

Muhtaramsan, mukarramsan, aziz ustoz!

 

Mehnatingdir: qay ko‘ngilda surur bo‘lsa,

Nomus bo‘lsa, Vatan degan g‘urur bo‘lsa,

Kimki elning dardi bilan yurur bo‘lsa.

Har xislating shogirdlarga go‘zal andoz,

Mukarramsan, muhtaramsan, aziz ustoz!

 

Shoh Iskandar avval senga kiyguzdi toj,

Jahongir ham poying uzra qildi meʼroj,

Shunday oliymaqomdirsan, mangu siroj.

Bor taʼrifing to‘ksam yetmas bunda qog‘oz,

Muhtaramsan, mukarramsan, aziz ustoz!

 

Sen bo‘lmasang, tan bo‘laru dil bo‘lmagay,

Sahro bo‘lar dunyolar ham, gul bo‘lmagay,

Taraqqiyot sari milcha yo‘l bo‘lmagay.

Kelajakka chorlaguvchi yangroq ovoz,

Mukarramsan, muhtaramsan, aziz ustoz!

 

Men tug‘ildim, yashamoqni o‘rgatding – sen,

Men yashadim, yashnamoqni o‘rgatding – sen,

Yashnab qadam tashlamoqni o‘rgatding – sen.

Yo‘llaringga umrim bo‘lsin gul-poyondoz,

Mukarramsan, muhtaramsan, aziz ustoz!

 

Muhtaramsan, mukarramsan, aziz ustoz!!!

Raʼno FAYZULLAYEVA,

NDKI xuzuridagi akademik litseyi o‘qituvchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7343

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6853

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3945

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3760

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3100



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish