Saylash va tanlash huquqi - sizning qo‘lingizda!

Batafsil: Yaratildi: 30.09.2021 10:51 Tahrirlandi: 30.09.2021 11:03 Ko'rishlar soni: 198

Mamlakatimiz hayotiga daxldor muhim siyosiy jarayon arafasida turli loyihalar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari yanada jadal tus olmoqda. Bunday tadbirlar keng jamoatchilik faolligi va ularning huquqiy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham qator ishlar olib borilmoqda. 29-sentabr kuni Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida “Saylash va tanlash huquqi – sizning qo‘lingizda!” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat faol yoshlari vakillari ishtirok etishdi.

0000307

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Sh.Jo‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi aʼzosi X.Raupov va ushbu okrug saylov komissiyasi matbuot markazi rahbari T.Eshboyevlar tadbirda chiqish qilib, siyosiy jarayonning borishi, saylov qonunchiligi, saylov va saylash huquqi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

0000309

– Bugungi kunda kombinatimizda 15 mingdan ortiq yosh saylovchilar faoliyat yuritib kelishmoqda. Hayotimizdagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri bo‘lgan saylovda yoshlarni faol ishtirokini taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va muqaddas fuqarolik burchlari ekanligini tushuntirish maqsadida kombinat bo‘linmalarida okrug va uchastkalar bilan hamkorlikda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini boshlab yuborganmiz. Bugungi tadbir ham ularning uzviy davomidir. Yoshlar ichida ilk bor saylovda ishtirok etish va saylash huquqiga ega bo‘lgan 1-gidrometallurgiya zavodi yoshlari ham ishtirok etishdi. O‘ylaymanki, ular ushbu jarayon bilan bog‘liq o‘zlari qiziqqan savollarga to‘liq javob olishdi, – deydi NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi raisi S.Rajabov.

0000310

Targ‘ibot tadbiri savol-javoblarga boy bo‘ldi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7343

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6853

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3945

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3760

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3100



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish