Ustozlar hamisha eʼzozda!

Batafsil: Yaratildi: 30.09.2021 09:45 Tahrirlandi: 30.09.2021 09:45 Ko'rishlar soni: 355

Navoiy shahridagi “Gulshan” majmuasida NKMK tashabbusi bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

0000305

Unda Navoiy davlat konchilik instituti, ushbu oliygoh huzuridagi akademik litsey, kombinat tarkibidagi O‘quv markazlari pedagogik jamoalari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori  Q.Sanaqulov tadbir ishtirokchilarini umumxalq bayrami bilan muborakbod etdi.

0000306

Shundan so‘ng bir guruh taʼlim fidoiylariga “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, ilmiy ishlarini muvaffaqiyali himoya qilgan ilm-fan vakillariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Navoiy davlat konchilik instituti talaba-yoshlari hamda “Farhod” madaniyat saroyi jamosi tayyorlagan musiqiy dastur davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13698

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13067

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4410

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620