Batafsil: | Yaratildi: 30.09.2021 09:34 | Tahrirlandi: 30.09.2021 09:34 | Ko'rishlar soni: 241 |
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Markaziy kon boshqarmasi maʼmuriyati va 3-Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan kon boshqarmasida ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan va ayni paytda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari uchun yangi investitsion loyihalar asosida bunyod etilgan 5, 7-gidrometallurgiya zavodlari va “Muruntov” koniga sayohat tashkil etildi.
Faxriylarning yangi korxonalarga sayohati 7-GMZdan boshlandi.
- Zavodimiz zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, bu yerda qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlardan foydalanamiz. Kombinatimiz mutaxassislari tomonidan loyiha bo‘yicha birinchi va ikkinchi bosqichda maʼdanni qayta ishlashga ixtisoslashgan to‘rtta tegirmon bloklari muddatidan oldin ishga tushirildi. 2020 yildan zavod mahsulot bera boshladi. Investitsion loyihalar asosida barpo etilgan zavodimiz yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beradi, - dedi mehnat faxriylarini zavod bilan tanishtirish jarayonida korxona direktori Farxod Chuliyev.
2-GMZda 40 yil faoliyat olib borgan faxriy “Shuhrat” medali sohibi, Haqnazar Shonazarov mana shunday ulkan zavodlarni yoshlar boshqarayotganligidan faxrlanishini, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yoshlarga xavas qilishini taʼkidladi. Mehnat faxriylarining “Muruntov” koniga tashrifida kon boshlig‘i Otabek Ravshanov ular bilan dildan suxbatlashdi. Suhbat jarayonida hozir konning chuqurligi 650 metrga yaqinlashgani va kondan yiliga 42 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olinayotganligi qayd etildi. Kelgusida kondan 1000 metrgacha chuqurlikda maʼdan qazish rejalashtirilgan. O.Ravshanov xalqaro “Kitco” tahliliy markazi tomonidan 2020 yilda “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallagani va bugungi kunda mazkur kon geologlar tomonidan eng yirik oltin zaxirasiga ega kon sifatida eʼtirof etilib, uning zaxirasi 4 ming tonnadan ortiq deb baholanganligini faxr bilan aytib o‘tdi. Mehnat faxriylariga “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V-navbati” investitsion loyihasi doirasida barpo etilgan Shimoliy-sharqiy davriy oqim texnologiyasi haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng faxriylar 5-gidrometallurgiya zavodi va Ishchilar shaharchasi bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat yakunida mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatilib, ular bir piyola choyga taklif qilindi. Markaziy kon boshqarmasi tizimida barpo etilgan yangi, zamonaviy korxonalarga bunday sayohatdan mamnun ekanliklari yuz-ko‘zida zohir bo‘lgan mehnat faxriylari tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
MKB Axborot xizmati.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13697 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13066 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4542 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…