Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Batafsil: Yaratildi: 22.09.2021 11:58 Tahrirlandi: 27.09.2021 08:05 Ko'rishlar soni: 393

Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon arafasida turibdi. 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda aholi o‘rtasida, jumladan korxona va tashkilotlarda saylov qonunchiligi, saylov jarayoni haqida maʼlumotlar berish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

00002001

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi majlislar zalida kombinat ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Shuhrat Jo‘rayev, 5-Navoiy saylov okrugi aʼzosi Xolmamat Raupov va matbuot kotibi Temur Eshboyevlar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar saylov natijalari O‘zbekiston kelajagi, yurtimizda boshlangan keng ko‘lamli islohotlarning davomiyligini taʼminlashga bevosita daxldor ekanligini taʼkidlab, fuqarolarni saylovda faol ishtirok etib, o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlarini bajarishga daʼvat etdilar.

00002002

Tadbirda shuningdek, 2019 yilning 25 iyunida qabul qilingan Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, demokratiya ko‘zgusi hisoblangan bu siyosiy jarayonni yuqori saviyada, qonunchilik talablari va xalqaro standartlar talabi darajasida tashkil etish hamda fuqarolarning saylovda faol ishtirokini taʼminlash muhim vazifa ekanligi taʼkidlandi.

00002003

Muhim siyosiy jarayonga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirida saylovchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.  

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13700

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13069

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4411

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620