Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Batafsil: Yaratildi: 11.09.2021 14:55 Tahrirlandi: 13.09.2021 16:35 Ko'rishlar soni: 176

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Navoiy viloyatidan mustaqilligimizning 30 yilligiga 30 ta kitob” loyihasi doirasida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

0000111

0000112

Marosimda viloyat faollari, NKMK, keng jamoatchilik, yoshlar  vakillari, yozuvchi-shoirlar, noshirlar va jurnalistlar ishtirok etdilar.

011

Unda so‘z olgan Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov va boshqalar mustaqillik bergan imkoniyatlar, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, kitobning inson hayotidagi ahamiyati, yangi kitoblar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

0000114

Ushbu marosimda kombinatning “Yangilanayotgan O‘zbekiston: Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi tarixi” kitobi va “NKMK: yuksalish dovonlari” kitob-albomi tadbir ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg‘otdi.

012

Kombinat o‘zining 63 yillik faoliyat yo‘li, tarixiga ega. Kombinat tarixi, uning ajoyib mutaxassislari to‘g‘risida ko‘plab kitoblar yozilgan. Shulardan biri, 2002 yilda nashr etilgan “Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat” nomli kitobidir. “Yangilanayotgan O‘zbekiston: Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi tarixi” kitobi esa uning mantiqiy davomidir. Bu kitobda kombinat jamoasining keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlari keng yoritildi. Xuddi shunday “NKMK: yuksalish dovonlari” kitob-albomida ham Yangi O‘zbekiston davrida barpo etilgan yangi zavodlar, ularda mehnat qilayotgan yoshlarimiz faoliyati aks ettirildi.

0000115

Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda kombinatda mehnat qilayotgan turli kasb egalarining 20 ga yaqin kitobi nashr etildi. “Yangi istiqbollar sari”, “Kengliklar sururi”, “Uyg‘oq xotiralar”, “Buyuk ixtirolarning sehrli olami”, “Vaqt-umuminsoniy qadriyat”, “Umr dovonlari”, “Hayot chorrahalarida” va boshqa kitoblar bunga misol bo‘la oladi.

013

014

Yangi 30 ta kitobni tayyorlash va nashr etishga munosib hissasini qo‘shgan bir guruh mutaxassislar va ijodkorlar viloyat hokimligining Tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Ular orasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori maslahatchisi Xolmamat Raupov, “Konchilar hayoti” gazetasi muharriri Nizomiddin Sadriddinov va tahririyat muhandisi Azamat Zaripovlar borligi quvonarli holdir.

0000116

Tadbirda “Farhod” madaniyat saroyi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

NKMK Matbuot markazi.  

 

 

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 3095

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2768

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2887

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2192

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2511



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish