Bilimlar kuni nishonlandi

Batafsil: Yaratildi: 06.09.2021 13:06 Tahrirlandi: 06.09.2021 13:17 Ko'rishlar soni: 149

Mamlakatimiz bo‘ylab kezib yurgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik shodiyonalari bayram shukuhiga Bilimlar kuni ham ulashib ketdi. Erta tongdan barcha taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanib, maktablar yana o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oldi. Bundan yosh avlod qalbida quvonch hissi namoyon. Bilimlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda so‘z olgan ishtirokchilar pedagogik jamoalar va o‘quvchilarga o‘z tabriklarini bildirib, mamlakatimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtiborni alohida eʼtirof etdilar.

0000691

Ana shunday bayram tadbiri 6 sentabr kuni 2049 nafar o‘g‘il-qiz taʼlim olayotgan Navoiy shahridagi 4-maktabda ham bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori, senator Q.Sanaqulov ishtirok etib, maktab pedagogik jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlariga o‘z tabrigini izhor etdi.

0000692

“O‘zining ilmu salohiyati, kuch-g‘ayrati, butun umrini yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishdek eng sharafli ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, aziz ustozlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak arziydi. Zero, ushbu dargohda o‘z kasbining haqiqiy fidoiylari ishlagani bois, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar har qanday tahsinga munosibdir. Jumladan, taʼlim dargohi bugungi kunda respublikada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan maktab hisoblanadi. Maktab ko‘p yillardan buyon mamlakatimizdagi o‘n mingta maktablar orasida TOP-10 likdan munosib joy egallab kelayapti.

0000693

Shunga yarasha o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari ham maqtovga molikdir. Misol uchun, 6-sinf o‘quvchisi Rayhon Ro‘ziyeva xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgani, maktabni shu yil bitirgan Suhrob Haydarov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani, jajji qizimiz Shukrona Boboyorova badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgani fikrimizning amaldagi tasdig‘i bo‘ladi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilarining fan olimpiadalari, turli tanlovlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida yana ko‘plab iliq fikrlarni aytish mumkin. Qolaversa, yangi o‘quv yilida 210 nafar jajjilar ilk bor maktabga qadam qo‘ymoqda. Bundan ularning xursandchiligi nihoyatda cheksiz ekanligini ko‘rish mumkin”, - dedi o‘z so‘zida Q.Sanaqulov.

0000694

Shuningdek, tadbirda ziyolilar, o‘quvchilar so‘z olishib o‘zlarining dil izhorlarini bildirishdi. Kuy-qo‘shiqlar, raqslar davraga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi esa o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga chorladi.

0000695

Senator Q.Sanaqulov yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, mustaqillik bergan imkoniyatlar, ilm-fan sirlarini chuqur egallash, kitobga do‘st tutinish zarurligi, bular yosh avlod kelajagini belgilaydigan muhim omillar ekanligi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

NKMK matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7158

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6669

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3893

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3709

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3060



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish