Batafsil: | Yaratildi: 02.09.2021 09:51 | Tahrirlandi: 02.09.2021 09:51 | Ko'rishlar soni: 352 |
Bugun mustaqillik sabab erishilayotgan yutuqlarni Shimoliy kon boshqarmasi jamoasi, qolaversa, uchquduqlik hamyurtlarimiz hayotida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Konchilar maskani bo‘lgan Uchquduq shahrida qisqa davr ichida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Chekka va olis hudud jamoli kundan-kunga havas qilishga arzigulik darajada yasharib borayapti.
So‘nggi yillarda NKMK tomonidan 3-gidrometallurgiya zavodida zamonaviy texnologiyalar asoslangan yangi ishlab chiqarish majmuasi, Uchquduq shahrida “Oltin ko‘l” dam olish maskani, musiqali favvora, “Kelajak” yoshlar markazi, ishchi-xizmatchilar uchun yotoqxonalar barpo etilgani, “Konchi” sihatgohi rekonstruksiya qilinib, eng zamonaviy tibbiyot uchun kerak bo‘ladigan sharoitlarning yaratilganligi nafaqat konchilar, balki uchquduqliklarga munosib tuhfa bo‘ldi.
Qizilqum cho‘lning og‘ir iqlim sharoitida kunni kun, tunni tun demay, butun masʼuliyatni zimmangizga olib, fidoyilik namunasini ko‘rsatayotgan, mamlakat iqtisodiyotga o‘zinig hissasini qo‘shayotgan minglab uchquduqliklarning mehnatini haqiqiy qahramonlik desa bo‘ladi.
Ammo bu mehnat o‘z vaqtida qadr topmoqda. 1 sentyabr kuni Uchquduq shahri markazida joylashgan “Lochin” o‘yingohida Shimoliy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari va uchquduqliklar uchun bayram dasturi tashkil etildi.
Aslida tinch zamonga bayramlar yarashadi. Mana 30 yildirki xalqimiz hurlik bilan birga tinchlik bilan yaamoqda. Bayramning ilk daqiqalarida ana shunga shukronalik sifatida SHKB yoshlari tomonidan 30 dona kabutarlar osmonga uchirildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini munosib mehnat g‘alabalari bilan nishonlagan ishchi-xizmatchilar uchun “Nihol” mukofoti sovrindorlari va taniqli sanʼatkorlar xizmatda bo‘lishdi. Uchquduq osmonida ilk bora tashkil etilgan mushakbozlik esa eng esda qolarli va quvonchli daqiqalar hadya etdi.
Bayram tantanasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov ishtirok etdi va uchquduqliklarni bayram bilan tabrikladi.
ShKB axborot xizmati.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13698 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13067 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4544 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…