Eng ulug‘, eng aziz bayram

Batafsil: Yaratildi: 31.08.2021 11:46 Tahrirlandi: 31.08.2021 13:18 Ko'rishlar soni: 135

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi Janubiy kon boshqarmasi joylashgan Nurobod shahrida ham katta tantana bilan nishonlandi.

000321

Nurobod shahridagi “Mehnat” o‘yingohida o‘tkazilgan tantana ham nurobodliklar qalbida yorqin hissiyotlar, o‘chmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Karnay-so‘rnay sadolari tantana ishtirokchilaridagi his-hayajonga qo‘shilib, qalblarga quvonch bag‘ishladi. Har tarafda o‘yin-kulgi, askiya-payrovlar avjiga chiqdi. O‘yingohda jam bo‘lgan Nurobod ahli, keksa-yu yoshning yuzida tabassum, dilida ezgu niyat – dorilamon kunlar shukronasi.

O‘yingohga tuplangan tuman faollari, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalari hamda Janubiy kon boshqarmasi ilg‘orlari, nuroniylar va yoshlarni Nurobod tuman hokimi F.Zoirov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi bilan qizg‘in tabrikladi. O‘tgan 30 yil davomida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishida hamda milliy qonunchiligimizning insonparvarlik tamoyillari asosida shakllanishida Mustaqilligimizning roli kattaligiga alohida urg‘u berdi.

000323

Shundan so‘ng so‘z olgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari H.Ergashev barcha nurobodliklarni Istiqlolimizning 30 yilligi bilan muborakbod etdi.

000322

Bayram shodiyonasida ishtirok etgan kishi borki, ko‘nglidan bir his o‘tayotgani ayon. Shu elning farzandi bo‘lganidan iftixor tuymoqda. “Nurobod” madaniyat uyi qoshidagi badiiy jamoalar va yakkaxon xonandalar qo‘shiqlar kuylashadi. Barcha raqsga to‘shishgan.

000324

- Mustaqillik farzandiman, - dedi Navoiy Davlat konchilik instituti talabisi Shohruh Muqimov. - “O‘zbek modeli”, yoshlar huquqi va manfaatlari mustahkamlangan bir qator islohotlar jarayonida kamolga yetdim. Ayniqsa, istiqlolga erishganimizning ilk yillari qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun biz, yoshlarning har jihatdan kamol topishimiz uchun shart-sharoit yaratib berdi.

000325

Bayram tantanalari ishtirokchilariga “Nurobod” madaniyat uyi qoshida tashkil etilgan badiiy-havaskorlik jamoalari hamda poytaxtdan tashrif buyurgan “Nihol” mukofoti sovrindori Laylo Alimova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farxod Saidovlar tomonidan ijro etilgan ko‘y-qushiqlar to‘planganlarga xushkayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida mushakbozlik qilindi. Shu kuni barcha nurobodliklar ko‘zlarida tinch va farovon kunlarimizdan mamnunlik hissi aks etdi.

JKB axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7157

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6668

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3892

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3709

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3060



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish