Investitsion loyiha jadal surʼatlarda olib borilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 23.08.2021 22:21 Tahrirlandi: 23.08.2021 22:21 Ko'rishlar soni: 393

Shuningdek, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi oldidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” konida konni o‘zlashtirishning V-navbati investitsion loyihasi doirasida Shimoliy-sharqiy davriy oqim texnologiyasi majmuasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

000236

“Muruntov” koni yurtimiz faxri, korxonamiz iftixori va asosiy xomashyo bazasi hisoblanib, dunyo konlari o‘rtasida peshqadamlik qilib kelmoqda. Xalqaro “Kitco” tahliliy markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilda “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘ldi. Shuningdek, nufuzli “Forbes” nashri O‘zbekistonda maydoni bo‘yicha dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni – “Muruntov” koni joylashganligi hamda ushbu kon dunyodagi eng yirik oltin zaxirasiga ega bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. 

000237

Hozirgi kunda bu kon geologlar tomonidan eng yirik oltin zaxirasiga ega kon sifatida eʼtirof etilib, uning zaxirasi 4 ming tonnadan ortiq baholangan. Konning uzunligi 4,3 km, eni 3,2 km hamda bugungi kundagi chuqurligi 650 metrga yaqin. Hozirgi vaqtda ushbu kondan yiliga 42 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olinayotgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 50 mln tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Kelgusida undan 1000 metrgacha chuqurlikda oltin qazish rejalashtirilgan. 

000238

Shu maqsadda, ayni paytda qiymati 733,9 mln dollar bo‘lgan va qariyb 1,8 mingta yangi ish o‘rini yaratish imkonini beruvchi “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V-navbati” investitsion loyihasi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Mazkur loyihaning I-bosqichida konning Shimoliy-sharqiy davriy oqim texnologiyasi majmuasi foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua yordamida tarkibida oltin bo‘lgan maʼdan maydalanadi, qayta yuklash punktidan konveyerlar orqali tashiladi va buning natijasida avtotransport xarajatlari kamaytiriladi.

000239

Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov, kombinat rahbariyati va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 3094

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2767

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2887

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2191

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2510



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish