7-gidrometallurgiya zavodi – kombinatning yangi ishlab chiqarish korxonasi

Batafsil: Yaratildi: 23.08.2021 21:52 Tahrirlandi: 23.09.2021 09:02 Ko'rishlar soni: 1386

Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi oldidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasida 7-gidrometallurgiya zavodi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

000230

Tantanali tadbirda taʼkidlanganidek, mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda O‘zbekistonda barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugun Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning natijalarini Navoiy kon-metallurgiya kombinati misolida ham ko‘rish mumkin. So‘nggi yillarda kombinat yangi korxonalar barpo etish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash hisobiga qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmi va sifati bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.

000235

Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan kombinatni 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida korxonada ulkan ishlar olib borilmoqda. Ushbu dastur doirasidagi katta investitsion loyihalardan biri – yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi 7-gidrometallurgiya zavodidir. 

000231

Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 7-GMZda murakkab jarayonlar orqali qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yildi. Zavodning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki, bu yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan maʼdanni yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. Korxonada texnogen chiqindilardan mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Eng muhimi, qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlar ishlatiladi. Bu esa ichki bozorning o‘sishiga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.

000234

O‘tgan davr mobaynida kombinat mutaxassislari tomonidan ushbu zavodni qurishga, loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichida maʼdanni qayta ishlashga ixtisoslashgan to‘rtta tegirmon bloklarini ishga tushirishga, eng muhimi, loyihani muddatidan oldin bajarishga erishildi. 2020 yildan boshlab zavod mahsulot bera boshladi. Asosiysi, hozirgi kunga qadar mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, ularga to‘liq yosh kadrlar, asosan Navoiy davlat konchilik institutini tugatgan mutaxassislar ishga qabul qilindi.

000233

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, zavod qurilishida qo‘llanilgan asosiy texnologik uskunalar chet eldan sotib olinmasdan, Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilishi evaziga 56 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaldi.

000232

Tantanada Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov, kombinat rahbariyati va mutaxassislari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mazkur zavodni hamda “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V-navbati doirasida yangi texnologik majmuasini foydalanishga topshirishda munosib hissasini qo‘shgan muhandis-texnologlar, quruvchi va ishchi-xodimlar mehnati etirof etilib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.   

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

    

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 3195

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2854

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2963

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2258

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2602



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish