Yer osti konlarda yangi obyektlar ishga tushirildi

Batafsil: Yaratildi: 19.08.2021 08:29 Tahrirlandi: 19.08.2021 08:29 Ko'rishlar soni: 307

Joriy yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi oldidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Janubiy kon boshqarmasiga qarashli yer osti konlarida ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirildi.

0001801

Tadbirlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

0001802

Mustaqillik yillarida kombinatning yirik bo‘linmalaridan biri – Janubiy kon boshqarmasiga qarashli korxonalar joylashgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Zarkent qo‘rg‘onida NKMK tomonidan ulkan ishlar amalga oshirildi. 2010 yilda 4-gidrometallurgiya zavodi ishga tushirildi, yangi kon va shaxtalar barpo etildi. Mazkur hududda 4-GMZning barpo etilishi bilan bu yerda Zarkent qo‘rg‘oni obod, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash barobarida ularning munosib hayot kechirishlari uchun barcha qulayliklarga ega ko‘rkam uy-joylar va ijtimoiy soha obeʼktlari barpo etildi. Bunday amaliy ishlar davom ettirilayapti.

0001803

Qutlug‘ bayram arafasida “G‘ujumsoy” konida maydalash-saralash texnologik tizim va ko‘chma to‘ldirish qurilmasi foydalanishga topshirildi. Ushbu obyekt “G‘ujumsoy” konining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 100 ming tonna (650 ming tonnagacha) ruda qazib olishga oshirish” investitsion loyihasi asosida barpo etilgan bo‘lib, kon  hududlarida  sodir  bo‘layotgan  yer sathining cho‘kishlarini  oldini olish va texnika xavfsizligi taʼminlash uchun xizmat qiladi.  

0001804

Shuningdek, qiymati 8,7 mln dollar bo‘lgan “Zarmitan” konining “Asosiy” stvoli maydonida qurilgan shaxta ko‘tarish qurilmasi binosi va stvol kopyori ishga tushirildi. Buning natijasida “Asosiy” stvol gorizontlariga ishchi-xodimlar, yuklarni tushirish-ko‘tarish va qazib olingan maʼdanni yuqoriga tashish uchun qulayliklar yaratiladi. Shu davrgacha ishlatilib kelingan shaxta ko‘tarish eski qurilmasi yer ustki sathidan 300 metr chuqurlikgacha tushardi. Endilikda 930 metr chuqurlikgacha tushish va yer quyi sathlaridagi zaxiralarni yuqoriga – yer ustki qismiga olib chiqish imkonini beradi.

0001805

0001806

Tadbirlardada mazkur obyektlarni foydalanishga topshirishda munosib hissasini qo‘shgan muhandis-texnologlar, quruvchi va ishchi-xodimlar mehnati eʼtirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 3095

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2768

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2887

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2192

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2511



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish