Batafsil: | Yaratildi: 24.07.2021 11:21 | Tahrirlandi: 24.07.2021 11:28 | Ko'rishlar soni: 695 |
2009 yilning 1 aprelida Samarqand viloyati Nurobod shahrida ish boshlagan Janubiy kon boshqarmasi maxsus kiyimlar tikish sexida bugungi kunga kelib, 80 dan ortiq turdagi kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
2020 yili bir yarim gektardan ziyod maydondagi sex va uning bo‘limlarida qiymati olti milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Korxonada Xitoy texnologiyasi asosida mahsulotlar ishlab chiqariladi va Janubiy kon boshqarmasi tarkibidagi korxonalarga yetkaziladi.
Dastavval maxsus kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati ko‘magi bilan 2020 yilda texnik qayta jihozlash dasturiga asosan sexga yangi tikuv uskunalari, kashtachilik va tikuv mashinalari olib kelinishi natijasida xalq isteʼmollarining trikotaj matolaridan mahsulotlar tayyorlana boshlandi. O‘tgan yildan esa ichki kiyimlar, choyshablar, qishki va yozgi jiletlar, izolyatsiya qilingan kurtkalar va shimlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Yiliga 80 ming donadan ziyod turli assortimentdagi kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada tayyorlangan xushbichim mahsulotlar sifati isteʼmolchilarga manzur bo‘lmoqda.
- Korxonamizda 170 ta zamonaviy tikuv mashinasi yordamida 322 nafar xotin-qiz va yigitlar doimiy ish o‘rniga ega, - deydi sex rahbari Yelena Izmestyeva. - Biz Janubiy kon boshqarmasi tarkibidagi korxonalarga maxsus kiyimlar tikib beryapmiz. Ayni paytda buyurtmachilarimizga 7 ming dona tayyor mahsulotimizni jo‘natish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Xotin-qizlarning qisqa kurslarda o‘quvini tashkil etganmiz. Eng muhimi, shu yaqin atrofdagi qishloqlardan kelib ishlayotgan xotin-qizlar zamonaviy tikuv mashinalarini mohirlik bilan boshqarishmoqda.
Sexda tayyor mato olib kelingach, unga turli chizmalar, shakllar berish, dizayn va yangi modellar yaratish to‘liq kompyuter grafikasida amalga oshiriladi. Jarayon to‘liq raqamlashtirilgan. Mato bichuv sexida turli o‘lchamlarda kesiladi va tikish bosqichiga o‘tkaziladi. Mahsulot tayyor bo‘lgach, dazmollash apparatlariga o‘tkaziladi. Kiyimlarni dazmollash jarayoni ham bir qator bosqichlardan o‘tadi.
Umuman olganda, Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan sexda yangi loyihalarni amalga oshirish, Janubiy kon boshqarmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, buning evaziga ehtiyojni sifatli, arzon mahsulotlar bilan taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor sexning yengil sanoat tizimida o‘z salohiyatiga ega ekanligidan dalolatdir.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13697 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13066 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4541 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…