Mahalliylashtirish dasturi raqamlarda

Batafsil: Yaratildi: 13.07.2021 15:32 Tahrirlandi: 13.07.2021 15:32 Ko'rishlar soni: 647

000130

2021 yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 234,1 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida esa qariyb 1,7 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi.

Shu yilning o‘tgan olti oyida kombinatda Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 139 ta loyiha bo‘yicha 234,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 124 % tashkil etdi. Shundan, 64 ta yangi loyiha bo‘yicha 40 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot o‘zlashtirildi. Bundan tashqari, Mahalliylashtirish dasturida ko‘zda tutilmagan 62,9 mlrd so‘mlik 270 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarildi.

NKMK tomonidan ishlab chiqariladigan hamda boshqa korxona va tashkilotlarga sotish uchun mo‘ljallangan 177 turdagi mahsulot va xizmatlar elektron kooperatsiya portaliga joylashtirildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan mahsulotlar hajmi 1 680,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 13,4 % oshdi. Shu jumladan, Elektron kooperatsiya portali orqali 908,7 mlrd so‘mlik 1 392 ta shartnoma bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 115 % tashkil etdi.

Kombinatning 2021 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan, kombinatning o‘z quvvatlarida va tarmoqlararo kooperatsiya doirasida mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga import mahsulotlarni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 42,5 mln dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hisobiga importni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida qo‘shimcha ravishda umumiy qiymati 14,6 mln dollar bo‘lgan 42 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xarid qilindi.

Joriy yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda ularning quvvatlarida emulgator, gidravlik moy (“Chilon Lubricants” MCHJ), reaktor aralashtirgichi (“Gidro Stanko Servis” MCHJ), silindrsimon tirqishli g‘alvirlar (“Navpromlitmash” MCHJ), texnikalarga radiatorlar (“Uchquduq Prom Zona” MCHJ), yevropalet, filtrlovchi plitalar (“SK Sanoat Kompaniyasi” MCHJ), silfon (“Texno Rezina” MCHJ), quritish shkaflari (“Karmana-Sharqona Invest” MCHJ) kabi yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar o‘zlashtirildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

«UCHQUDUQNING OLTIN» SAROYI

20.12.2017 16:06 2149

«QIZILQUM OVOZI – 2018»

25.04.2018 14:04 1803

G‘OLIBLAR ANIQLANDI

01.02.2019 14:01 714

SHERZOD YANA SOVRINDOR

27.02.2019 13:57 701



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish