Matbuot markazi haqida

Batafsil: Yaratildi: 13.09.2017 09:19 Tahrirlandi: 13.09.2017 09:19 Ko'rishlar soni: 2139

“Konchilar hayoti” gazetasining muassisi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi hisoblanadi. Gazeta 1991 yildan chiqa boshlagan bo‘lib, bir oyda ikki marta chop etiladi.

“Konchilar hayoti” gazetasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati va uning bo‘linmalarida ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, kombinat ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan yangiliklar hamda ishlab chiqarish ilg‘orlari haqida materiallar yoritib boriladi.

Jumladan, “Ishlab chiqarish maydonlarida” ruknida konboshqarmalar faoliyatiga oid yangiliklar, ishlab chiqarishga tadbiq qilinayotgan yangi texnologiyalar, mahsulot sifatini va hajmini oshirish, tannarxini tushirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar berib boriladi. “Oramizdagi odamlar” ruknida ishlab chiqarishda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar haqida, “Yoshlar – kombinat kelajagi” ruknida kombinatda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik hamda turli jabhalarda yuqori marralarni qo‘lga kiritayotgan yosh mutaxassislar haqida maqolalar chop etiladi.

“Ma’naviyat” ruknida kombinat tizimida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida axborotlar, konchilar ijodidan namunalar va ta’lim-tarbiyaga oid publitsistik maqolalar yoritilsa, “Madaniyat va sport” ruknida kombinat tassarrufidagi madaniyat muassasalari va sport inshootlaridagi yangiliklar, sportchilar erishgan yutuqlar haqida hikoya qilinadi.